in

Musiola Vinisius atrofidagi irqchilik mojarosiga munosabat bildirdi

Myunxenning «Bavariya» klubi futbolchisi Jamal Musiola Chempionlar ligasida «Benfika» va Madridning «Real» jamoalari o‘rtasidagi bahsda yuzaga kelgan noxush vaziyat haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru

xabar

beradi.

Uchrashuvdagi yagona golni urgan «Real» hujumchisi Vinisius Junior o‘yindan so‘ng hakamga raqib qanot futbolchisi Janluka Prestianni tomonidan irqchilik mazmunidagi haqoratga uchraganini aytdi. Argentinalik futbolchi «Real» yulduziga yuzlangan paytida og‘zini futbolkasi bilan yopgani ham e’tiborni tortdi, biroq u ayblovni rad etmoqda.

«Murabbiyimiz bu masalada allaqachon bir nechta muhim fikrlarni aytgan. Irqchilik — juda og‘riqli mavzu. Men Viniga ishonaman, shuning uchun u bunday vaziyatda yolg‘on gapiradi, deb o‘ylamayman. U bu holatni munosib tarzda boshqardi. Bu muammo anchadan beri muhokamada, buni ko‘rish menga yoqmaydi», — deya Musiolaning so‘zlarini Madrid Zone keltirdi.

Qayd etilishicha, «Real» va «Benfika» o‘rtasidagi javob uchrashuvi 25-fevral, chorshanba kuni bo‘lib o‘tadi.

Ma’lumot

Mehmon

guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.

Yangiliklar

»

Sport

» Musiola Vinisius atrofidagi irqchilik mojarosiga munosabat bildirdi

So’nggi yangiliklar

Yulduz Usmonova yonida yurib “zvezda” bo‘lib qolganlarni keskin tanqid qildi

Bugun, 11:37

Real Benfikaga qarshi Ryu'diger masalasida qaror qabul qildi

Bugun, 11:33

Slutskij boshqaruvidagi Shanghai Shenhua Buriramga yutqazdi