Taniqli promouter Eddi Xirn yurtdoshimiz Murodjon Ahmadaliyevning Naoya Inoueni mag‘lub etishiga ishonch
bildirdi
.
“
WBA bu jangga ikki marta buyruq berdi. Birinchi safar Naoya tomon pul to‘lab, qochishga muvaffaq bo‘ldi. Ikkinchisida ham Murodjon bilan to‘qnashuvdan qutulish uchun yo‘l topishdi. To‘g‘ri, Naoya Inoue – bu vaznning afsonasi. Biz uni hurmat qilamiz.
U ajoyib bokschi. Biroq unda bir narsa yo‘q. Bu – O‘zbek kuchidir. Ahmadaliyev Inoueni mag‘lub qiladi. Unda barcha imkoniyatlar bor. Biz uni Yaponiyada yengamiz. “Yo‘q, Naoya hech kimdan qo‘rqmaydi” deydiganlar ham bor.
Ehtimol, u qo‘rqmas, lekin jamoasi qo‘rqadi, chunki boksdagi deyarli hamma Ahmadaliyev kuchliroq ekanini yaxshi biladi. Bu – divizondagi yagona katta ahamiyatli jang. Men Murodjon Naoyani yengishiga o‘z uyimni tikaman
“, – dedi Xirn.
Eslatib o‘tamiz, hamyurtimiz oxirgi jangida Rikardo Espinozani 3-raunddayoq taslim etdi.