in

“Metallurg” klubi 2025 yilgi mavsumni Superligada o‘tkazmasligi aniq bo‘ldi

Avvalroq O‘zPFL Bekobodning “Metallurg” PFK MCHJ ustav kapitalining 100 foiz ulushiga egalik qiluvchi “O‘zmetkombinat”ga murojaat qilib, 24 dekabrgacha klubning Superligadagi kelgusi taqdiriga oydinlik kiritishini so‘ragani haqida xabar berilgandi.

O‘zPFLning xabar berishicha, 20 dekabr kuni “O‘zmetkombinat” so‘rovga javob qaytargan. Unda “Metallurg”ning Superligada ishtirok etmasligi ma’lum qilingan. Javob xatida tashkilotning klubga homiylik mablag‘i ajratishi to‘xtatilgani va buning sabablari batafsil tushuntirilgan.

Metallurg klubining Superligadagi o‘rnini egallash jarayoni qanday ketma-ketlikda bo‘lishi avvalroq ma’lum qilingandi. Mana shu yo‘nalish asosida klublarga qaror qabul qilish uchun ma’lum vaqt beriladi va ularning qarori ham Liga tomonidan rasman ma’lum qilinadi

”, deyiladi xabarda.

Unga ko‘ra, dastlabki “Olimpik”, keyin “Xorazm”, undan so‘ng esa “Lokomotiv” Superligada ishtirok etish imkoniga ega bo‘ladi.