in

Messi 2026 yilgi Jahon chempionatini o‘tkazib yuborishi mumkin

Lionel Messi kelasi yozda Argentina terma jamoasi safida 2026 yilgi Jahon chempionatida maydonga tushmasligi ehtimoldan xoli emas. The Touchline xabariga ko‘ra, 38 yoshli futbolchi mundialda umuman o‘ynamaslik variantini ham ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda euro-football.ru

xabar

beradi.

Manbada aytilishicha, barchasi hujumchining jismoniy holatiga bog‘liq bo‘ladi. Messi o‘zini 100 foiz tayyorlikdan hatto 1 foiz pastroq sezsa ham, Jahon chempionatiga bormaslikka qaror qilishi mumkin.

Messi MLSdagi raqobat darajasi mundialga maksimal sport formasida yetib borish uchun yetarli emas, deb hisoblaydi. Argentina sardori shu sababli bu kamchilikni to‘liq jismoniy tayyorgarlik bilan qoplash kerakligini yaxshi tushunadi.

2026 yilgi Jahon chempionatida Argentina amaldagi chempion sifatida o‘z titulini himoya qiladi. O‘tgan mundial finalida “albiseleste” Fransiyani 3:3 hisobidagi durangdan so‘ng penaltilar seriyasida mag‘lub etgandi.

Ma’lumot

Mehmon

guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.

Yangiliklar

»

Sport

» Messi 2026 yilgi Jahon chempionatini o‘tkazib yuborishi mumkin

So’nggi yangiliklar

Bu hafta dollar kursi qanchaga pasaygani ma'lum bo‘ldi

Bugun, 12:08

Allegri Modrichning g‘alaba keltirgan goli haqida fikr bildirdi

Bugun, 12:02

Genich Sevilya va Alaves o'yini uchun taxmin berdi