Na Real Madrid, na Fransiya futbol federatsiyasi hujumchi Kilian Mbappega dam berish niyatida emas.
L’Equipe nashri ma’lum qilishicha, futbolchi bir necha oydan buyon chap tizzasidagi og‘riqlardan aziyat chekmoqda. Shunga qaramay, Madrid klubi yaqin uchrashuvlarda o‘zining asosiy to‘puraridan maksimal darajada foydalanishni rejalashtirmoqda.
Klub rahbariyatidagi ayrim manbalarga ko‘ra, agar oyoqdagi og‘riqlar bezovta qilishda davom etsa, Mbappe mart oyidagi terma jamoalar tanaffusi davrida qisqa dam olishi mumkin. Biroq Fransiya milliy jamoasi shtab-kvartirasida bunday variant hozircha umuman muhokama qilinmayapti.
Ma’lum qilinishicha, Fransiya terma jamoasi Janubiy Amerikada ikki o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazishi rejalashtirilgan. Avval 26 mart kuni Braziliya milliy terma jamoasiga qarshi bahs o‘tkaziladi, 29 mart kuni esa jamoa Kolumbiya milliy terma jamoasi bilan maydonga chiqadi.
Qayd etilishicha, mazkur o‘yinlar tashkil etilgan turnirning asosiy homiysi Nike hisoblanadi va kompaniya Mbappe bilan shaxsiy hamkorlik shartnomasiga ham ega. Shu sababli yulduz futbolchining ushbu uchrashuvlarni o‘tkazib yuborishi homiylar nuqtayi nazaridan maqbul variant sifatida qaralmayapti.
Ma’lumot
Mehmon
guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar
»
Sport
» Mbappega dam yo‘q: Real ham, terma jamoa ham qarshi
So’nggi yangiliklar
2025 yilda O‘zbekistonga erkak turistlar ko‘proq kelganmi yoki ayollar?
Bugun, 11:35
Martynovich Haverts bilan maydondagi kulgili suhbatini esladi
Bugun, 11:32
Imomali Rahmon vafot etdimi? Ijtimoiy tarmoqlarda mish-mishlar
