in

Maykl Ouen Dyo'kereshning kamchiliklari ham borligini aytdi

Angliyaning sobiq hujumchisi Maykl Ouen Londonning «Arsenal» klubi forvardi Viktor Dyo’kereshni shoshilinch ravishda maqtashga kirishmadi. Bu haqda euro-football.ru

xabar

beradi.

Shvetsiyalik futbolchi «Tottenhem»ga qarshi so’nggi derbida (4:1) ikki gol urib, uchrashuv qahramoniga aylangandi. Shu o’yindan keyin u ko’plab ijobiy fikrlar va yuqori baholarga sazovor bo’ldi.

Ouen esa futbolchining o’yinida yoqadigan jihatlar borligini tan olarkan, baribir zaif tomonlari ham ko’pligini ta’kidladi. Uning fikricha, «Arsenal»dagi uzoq muddatli kelajak haqida atigi bitta uchrashuv asosida xulosa chiqarish to’g’ri emas — Dyo’keresh bo’yicha savollar hanuz saqlanib qolmoqda.

Joriy mavsumda Viktor Dyo’keresh «kanonirlar» safida 36 o’yinda maydonga tushib, 15 ta gol va 2 ta assist qayd etdi.

Ma’lumot

Mehmon

guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.

Yangiliklar

»

Sport

» Maykl Ouen Dyo’kereshning kamchiliklari ham borligini aytdi

So’nggi yangiliklar

Marselda xakerlar hujumi klub inqirozidan ham ko'proq xavotir uyg'otdi

Bugun, 12:05

"Strandja" turnirida bugun to‘qqiz nafar bokschimiz ringga chiqadi

Bugun, 11:59

Bu tajovuzkor siz kutgan hammasidan ham oshadi, dedi Buffon