in

Matvey Safonov PSJning navbatdagi bosqichga chiqishini baholadi

Fransuzning PSJ klubi darvozaboni Matvey Safonov jamoasi Chempionlar ligasida keyingi bosqichga yo‘l olganidan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Bu haqda euro-football.ru

xabar

beradi.

Parijliklar avvalroq «Monako» bilan 2:2 hisobida durang o‘ynadi va ikki uchrashuv natijasiga ko‘ra 5:4 hisobida ustun kelib, turnirning 1/8 finaliga chiqdi.

Safonov shaxsiy Telegram kanalida e’lon qilingan videoda tug‘ilgan kunida Chempionlar ligasida maydonga tushishini avval tasavvur ham qilmaganini aytdi. Darvozabon o‘yindan keyin ham ruhan, ham jismonan juda charchaganini, bahs og‘ir kechganini ta’kidladi va bugun Parijda haqiqiy bayram kayfiyati hukm surayotganini qo‘shimcha qildi.

1/8 finalda PSJ «Chelsi» yoki «Barselona» bilan to‘qnash keladi. Qur’a tashlash marosimi ertaga, 27-fevral kuni bo‘lib o‘tadi.

Ma’lumot

Mehmon

guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.

Yangiliklar

»

Sport

» Matvey Safonov PSJning navbatdagi bosqichga chiqishini baholadi

So’nggi yangiliklar

Al Nasr bosh murabbiyi Ronalduning nega o'ynamasligini aytdi

Bugun, 11:44

Samsung Galaxy S26 seriyasi rasman taqdim etildi

Bugun, 11:44

Arbeloa kechagi o‘yinda «Real»ning kuchini Vinisius va Chuamenida ko‘rdi