in

Martynovich Haverts bilan maydondagi kulgili suhbatini esladi

«Qayrat» himoyachisi Aleksandr Martynovich Yevropa Chempionlar ligasidagi so‘nggi o‘yindan keyin «Arsenal» futbolchisi Kayo Haverts bilan bo‘lgan qiziqarli muloqoti haqida gapirdi. Uning aytishicha, londonlyklar yarim himoyachisiga Martynovichning yuzi tanish tuyulgan. Bu haqda euro-football.ru

xabar

beradi.

Martynovich Havertsning: «Nimadir sening yuzing menga juda tanish», degan gapiga javoban, avvalroq «Bayer»ga qarshi o‘ynab, bu jamoani mag‘lub etishganini eslatgan. Shuningdek, Haverts «Chelsi» safida to‘p surgan paytda ham ular bir necha bor maydonda ro‘baro‘ kelishganini ta’kidladi.

Futbolchining qo‘shimcha qilishicha, uning kolleksiyasida Havertsning o‘yin futbolkasi ham bor. Martynovich avvalroq Rossiya chempionatida ham to‘p surib, «Krasnodar», «Ural» va «Rubin» jamoalarida o‘ynagan.

Eslatib o‘tamiz, «Arsenal» va «Qayrat» yanvar oxirida Chempionlar ligasining umumiy bosqichi so‘nggi turida uchrashgan, London klubining uy o‘yinida mezbonlar 3:2 hisobida g‘alaba qozongan.

Ma’lumot

Mehmon

guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.

Yangiliklar

»

Sport

» Martynovich Haverts bilan maydondagi kulgili suhbatini esladi

So’nggi yangiliklar

Sergelida dahshatli YTH: mashina ikkiga bo‘lindi

Bugun, 11:54

Perreyn goli «Lill»ni «Brest»ga yutqazishdan saqlab qoldi

Bugun, 11:51

Viktor Osimhen Bavariyaning transfer roʻyxatiga kirdi