in

"Manchester Siti" – "Real" javob uchrashuvi uchun taxminiy tarkiblar…

UYEFA Chempionlar ligasining 1/8 final bosqichidan o‘rin olgan javob uchrashuvlari davom etmoqda. Bugun eng markaziy va diqqatga molik bahs — “Real Madrid” hamda “Manchester Siti” o‘rtasida bo‘ladi. Madridliklar dastlabki uchrashuvni bir qator asosiy futbolchilarisiz o‘tkazgan edi. Jumladan, “Real”ning yulduzlari Kilian Mbappe, Jud Bellingem, Alvaro Karreras va yana bir nechta nomdor futbolchilar “Siti”ga qarshi bellashuvda maydonga tusha olmadi. Ammo javob o‘yini oldidan barcha futbolchilar qaydnomaga kiritildi va jamoa to‘liq tarkibda maydonga tushishi kutilmoqda.

“Manchester Siti” safida esa Yoshko Gvardiol va Riko Lyuis jarohat sabab bugungi o‘yinda ishtirok eta olmaydi. Bir nechta sport nashrlari esa har ikki jamoaning ehtimoliy asosiy tarkiblarini taqdim etdi.

Yahoo Sports talqiniga ko‘ra:

“Manchester Siti”

: Donnarumma, Xusanov, Diash, Gexi, O’Reyli, Silva, Rodri, Semeno, Sherki, Dok-u, Xoland

“Real Madrid”

: Kurtua, Karreras, Din Xausen, Antonio Ryudiger, Aleksander-Arnold, Kamavinga, Chuameni, Valverde, Gyuler, Vinisius, Diaz

Sports Mole talqini:

“Manchester Siti”

: Donnarumma; Nunesh, Diash, Gexi, Ayt-Nuri; Bernardu, Rodri, O’Reyli, Semeno, Xoland, Sherki

“Real Madrid

“: Kurtua, Aleksander-Arnold, Xausen, Ryudiger, Garsiya, Valverde, Chuameni, Kamavinga, Diaz, Gyuler, Vinisius Junior

Shuningdek, Squawka va Cityxtra ham o‘z taxminlarini taqdim qildi, ularni turli nashrlarning qarashlari bilan taqqoslashtirish mumkin.

Cityxtra talqini:

– Donnarumma, Nunesh, Diash, Gexi, Ayt-Nuri, Rodri, Bernardu, O‘Reyli, Sherki, Xoland, Dok-u.

Squawka talqini:

– Donnarumma, Diash, Gexi, Ayt-Nuri, Bernardu, Rodri, O‘Reyli, Semeno, Xoland, Foden.

Ma’lumot uchun, javob uchrashuvi 17-martdan 18-martga o‘tar kechasi soat 01:00’da boshlanadi. Madridda bo‘lgan dastlabki bellashuvda esa bosh murabbiy Alvaro Arbeloa shogirdlari 3:0 hisobida ishonchli g‘alaba qozongan edi.

Muxlislar uchun bu bahs katta intrigaga ega: jamoalarning to‘liq tarkibda maydonga tushishi va yirik g‘alabadan so‘nggi natijani saqlab qolish uchun qanday harakat qiladi, barcha diqqat markazida bo‘ladi. Bu kecha Yevropa klublari liga tarixida yana bir esda qolarli soatlarga aylanishi aniq.

Ma’lumot

Mehmon

guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.

Yangiliklar

»

Sport

» “Manchester Siti” – “Real” javob uchrashuvi uchun taxminiy tarkiblar…

So’nggi yangiliklar

O'zbekiston fuqarosi og'ir ahvolda qolmoqda

Bugun, 11:31

Rossiya hududlari tungi hujumlar bo'lganini bildirdi

Bugun, 11:21

O‘zbekiston tomonidan Eronga yordam yetkazib berildi

Bugun, 10:42