in

Mamardashvili Liverpuldagi zaxira maqomidan norozi

Gruziyalik darvozabon Georgiy Mamardashvili «Liverpul»dagi hozirgi holatidan qoniqmayotgani aytilmoqda, deb xabar beradi Teamtalk. Bu haqda euro-football.ru

xabar

beradi.

Manbaga ko‘ra, 25 yoshli posbon mersisaydliklar safida zaxira darvozabon rolida qolishdan norozi. Mamardashvili yozgi transferlar oynasida klubini o‘zgartirishga tayyor va keyingi mavsum uchun ijara variantlarini ko‘rib chiqmoqchi.

Darvozabonning «qizillar» bilan amaldagi shartnomasi 2031 yilning o‘rtalarigacha mo‘ljallangan. Uning transfer qiymati 28 million yevroga baholanmoqda.

Joriy mavsumda Mamardashvili 11 ta uchrashuvda maydonga tushib, 17 ta gol o‘tkazib yubordi. Uchta o‘yinda esa darvozasini daxlsiz saqlab qoldi.

Ma’lumot

Mehmon

guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.

Yangiliklar

»

Sport

» Mamardashvili Liverpuldagi zaxira maqomidan norozi

So’nggi yangiliklar

Peterburgda qahramonlik ko‘rsatgan Xayrullo munosib taqdirlandi

Bugun, 12:07

Martin Demikelis Ispaniyada Mallorka bosh murabbiyi bo'ldi

Bugun, 12:00

Yuventus Spalletti bilan yangi shartnoma bo‘yicha kelishib oldi