Rossiya terma jamoasi mart oyida Mali bilan uy maydonida o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazishi kutilmoqda. RFU bu haqda hozircha rasman e’lon qilmagan, biroq Mali tomoni o‘yin Krasnodarda bo‘lishini bir necha bor tasdiqlagan. Bu haqda euro-football.ru
xabar
beradi.
Mali futbol federatsiyasi bosh kotibi Sidi Bekaye jamoa Rossiyaga to‘liq tarkibda borishini ma’lum qildi. Uning aytishicha, Bissuma, Niakate, Sangare, Nene kabi yetakchilar hamda boshqa futbolchilar taxminan 25–26 mart kunlari Krasnodarga yetib kelib, o‘yinoldi mashg‘ulotini o‘tkazadi.
Bekaye, shuningdek, Rossiyaga qarshi bahs bo‘yicha kelishuvga erishish qiyin kechmaganini ta’kidladi. Mali vakillari kuchli raqibga qarshi maydonga tushishdan mamnun ekanini ham qo‘shimcha qildi.
Eslatib o‘tamiz, Rossiya terma jamoasi Yevropa futbol ittifoqi va FIFA sanksiyalari ostida qolmoqda, shu sabab u hozircha faqat o‘rtoqlik uchrashuvlarida ishtirok eta oladi.
Ma’lumot
Mehmon
guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar
»
Sport
» Mali terma jamoasi Rossiyaga barcha yulduzlarini olib keladi
So’nggi yangiliklar
21 fevralda tog‘oldi hududlarda sel xavfi kuchayishi ma’lum qilindi
Bugun, 11:55
Fransiyada Golovinning qizil kartochkasi bo'yicha qaror chiqdi
Bugun, 11:46
Kompanining aytishicha, u Gvardioladan g‘alaba mentalitetini oldi
