in

Mag‘lubiyatlardan charchagan Gvardiola asosiy tarkibning yarmidan voz kechdi

“Manchester Siti” inqirozdan chiqa olgani yo‘q. “Shaharliklar” so‘nggi 12 ta uchrashuvdan faqat bittasida g‘alaba qozongan, to‘qqizta to‘qnashuvda raqib jamoa qo‘li baland

keldi

.

Futbol jurnalisti Gilem Balage “Manchester Siti” rahbariyati tarkibda katta o‘zgarish qilishi haqida ma’lumot tarqatdi. Manbaga ko‘ra, 2025 yilda tarkib teng yarmiga yangilanadi.

“Manchester Siti” boshlang‘ich tarkibning besh-oltita o‘yinchisidan voz kechishga qaror qildi. Ularning o‘rni yangi ijrochilar bilan to‘ldiriladi. Yarim jamoa o‘zgartiriladi. Bu eski davrning barham topishi va yangisining boshlanishi bo‘ladi

, – deb yozdi Gilem Balage.

Avvalroq, bosh murabbiy Xosep Gvardiola jamoani inqrozdan olib chiqish imkonini topa olmayotganini, futbolchilar bor imkoniyatlarini ishga solayotganini ta’kidlagan edi.