in

Luis Enrike PSJ uchun Barselona emas Chelsini afzal ko'rdi

PSJ bosh murabbiyi Luis Enrike Chempionlar ligasi 1/8 finalida jamoasi uchun qaysi raqib ma’qulroq ekanini aytdi. Bu haqda euro-football.ru

xabar

beradi.

Parij klubi pley-offning stykovoy bosqichida “Monako”dan o’ta olsa, keyingi bosqichda “Barselona” yoki “Chelsi” bilan to’qnash keladi. Birinchi uchrashuvda PSJ safarda monakoliklarni 3:2 hisobida mag’lub etgandi.

Enrike fikricha, PSJ uchun qulayroq variant — “Chelsi”. Mutaxassis “Barselona”ning o’yin uslubi juda ishonchli ekanini, jamoa to’pni nazorat qilishini, yuqori pressing qo’llashini va tarkibida bir lahzada natijani o’zgartirib yubora oladigan futbolchilar ko’pligini ta’kidladi.

“Barselona” optimal holatida bo’lsa, uni to’xtatish nihoyatda qiyinligini qo’shimcha qilgan Enrike: agar tanlash imkonim bo’lsa, keyingi raqib sifatida “Chelsi”ni tanlardim. “Barselona”ga qarshi o’ynaganda nafaqat jamoaga, balki g’oyaga ham qarshi turasan, bu esa vazifani yanada murakkablashtiradi”, — deya ispaniyalik murabbiy so’zlarini mahalliy OAV keltiradi.

Chempionlar ligasi 1/8 final uchrashuvlari mart oyida bo’lib o’tadi.

Ma’lumot

Mehmon

guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.

Yangiliklar

»

Sport

» Luis Enrike PSJ uchun Barselona emas Chelsini afzal ko’rdi

So’nggi yangiliklar

Slutskij boshqaruvidagi Shanghai Shenhua ACLda mag'lub bo'ldi

Bugun, 11:29

Agent Makarovning jarohatdan keyingi holatini ma'lum qildi

Bugun, 11:25

Ronalduning dublidan keyin Al-Nasr yana peshqadam