in

Laporta maslahatchisi Flikning Barselonadagi ishini yuqori baholadi

“Barselona” prezidenti Joan Laportaning maslahatchisi Enrik Masip bosh murabbiy Hans-Diter Flikning jamoada olib borayotgan faoliyati haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru

xabar

beradi.

Nemis mutaxassisi o‘tgan yozda kataloniyaliklar boshqaruvini qo‘lga olgan. Uning ilk mavsumidayoq klub Ispaniya ichidagi uchta sovrinni qo‘lga kiritdi, joriy mavsumda esa allaqachon Superkubokni ham yutishga ulgurdi.

Masipning aytishicha, Flik kelishi bilan “Barselona” o‘yin sifati bo‘yicha yangi bosqichga chiqdi. U muxlislar yana futbolchilardan faxrlanayotganini, Lamine Yamal va boshqa yulduzlar bilan o‘zini bir butun deb his qilayotganini ta’kidladi.

Shuningdek, Laporta maslahatchisi klubning yaqin kelajagi borasida ham ijobiy kayfiyatda ekanini yashirmadi.

Masip “Kamp Nou”ni yangilash loyihasi klubni ortiqcha xatarga qo‘ymasdan yo‘lga qo‘yilganini qayd etdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bir yarim yildan so‘ng “Barselona” dunyodagi eng yaxshi stadionga ega bo‘ladi.

Kataloniya grandida yangi prezidentlik saylovi 15 mart kuni bo‘lib o‘tadi.

Ma’lumot

Mehmon

guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.

Yangiliklar

»

Sport

» Laporta maslahatchisi Flikning Barselonadagi ishini yuqori baholadi

So’nggi yangiliklar

Marselda xakerlar hujumi klub inqirozidan ham ko'proq xavotir uyg'otdi

Bugun, 12:05

"Strandja" turnirida bugun to‘qqiz nafar bokschimiz ringga chiqadi

Bugun, 11:59

Bu tajovuzkor siz kutgan hammasidan ham oshadi, dedi Buffon