Madridning “Real” jamoasi darvozaboni Tibo Kurtua Chempionlar ligasida “Benfika”ga qarshi bo’ladigan ikki o’yinli to’qnashuv haqida fikrlari bilan o’rtoqlashdi. Bu haqda euro-football.ru
xabar
beradi.
Jamoalar umumiy bosqichning so’nggi turida ham uchrashgan va o’sha bahs “qaymoqranglilar” uchun omadsiz yakunlangan edi: 2:4 hisobidagi mag’lubiyat “Real”ni turnirning 1/8 finaliga to’g’ridan-to’g’ri yo’llanmadan mahrum qildi. Endi esa Alvaro Arbeloa boshqaruvidagi jamoa pley-offning stykov bosqichida yana “burgutlar”ga qarshi maydonga tushadi.
Kurtuaning ta’kidlashicha, Lissabondagi o’sha o’yin nihoyatda og’ir kechgan: bu stadionda g’alaba qozonish oson emas. Darvozabon o’sha kuni “Real” eng yaxshi futbolini ko’rsata olmaganini tan oldi, biroq jamoa xatolardan saboq chiqarganini aytdi. Uning so’zlariga ko’ra, bu safar hammasi boshqacha bo’ladi, chunki oldinda “Bernabeu”dagi javob uchrashuvi borligini madridliklar yaxshi anglab turibdi.
Birinchi uchrashuv 17-fevral kuni Lissabonda, javob o’yini esa 25-fevral kuni Madridda bo’lib o’tadi.
Ma’lumot
Mehmon
guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar
»
Sport
» Kurtua Benfika bilan bahs oldidan ishonch bildirdi
So’nggi yangiliklar
Jikiya maoshdagi muammo sabab klubini o‘zgartirishi mumkin
Bugun, 11:38
Ronaldu navbatdagi o'yinda maydonga qaytishga qaror qildi
Bugun, 11:29
Boka Juniors yangi sport direktori nomini e’lon qildi
