in

Kudryashov: Djikiya Antalyaspor asosiy tarkibiga tezroq qaytsin

Rossiya terma jamoasining sobiq futbolchisi Fyodor Kudryashov Turkiyada to’p surayotgan Georgiy Djikiyaning hozirgi holati haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru

xabar

beradi.

U Antalyaspor markaziy himoyachisi bilan bog’liq vaziyatni muntazam kuzatib borishini aytdi. 32 yoshli futbolchi so’nggi paytlarda maydonda kam ko’rinmoqda, agentining so’zlariga ko’ra, jamoa bosh murabbiyi Djikiyani optimal formada deb hisoblamayapti.

“Qachon o’ynadi, qachon o’ynamadi — hammasini kuzataman. Eng asosiysi, uning imkon qadar tezroq asosiy tarkibga qaytishini juda xohlayman. U bilan aloqada bo’ldimmi? Faqat klubga o’tgan paytida gaplashgandik, hozir esa yo’q”, — deya Kudryashovning so’zlarini Metaratings.ru keltirdi.

Djikya Antalyaspor safida 2025 yil yozidan beri o’ynamoqda. Joriy mavsumda Spartakning sobiq futbolchisi 13 uchrashuvda maydonga tushib, ikki bor gol urishga ham ulgurdi.

Ma’lumot

Mehmon

guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.

Yangiliklar

»

Sport

» Kudryashov: Djikiya Antalyaspor asosiy tarkibiga tezroq qaytsin

So’nggi yangiliklar

Andronov Barselona Villarrealga qarshi yirik g'alabani kutmoqda

Bugun, 11:59

Li Hendri Aston Villa mavsumi xavf ostida qolganini aytdi

Bugun, 11:53

Gvardiola Chempionlar ligasida raqobat nihoyatda keskinligini aytdi