Saudiya Arabistonining “An Nasr” klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu jarohat oldi. Dastlabki tibbiy ko’riklar futbolchining holati unchalik xavfli emasligini ko’rsatgan bo’lsa-da, keyingi tekshiruvlar vaziyat jiddiyroq ekanini tasdiqladi. Bu haqda jamoa bosh murabbiyi Jorje Jezush rasman ma’lum qildi.
Voqea “An Nasr” va “Al Fayha” o’rtasidagi Saudiya Arabistoni chempionati 24 tur uchrashuvida yuz berdi. O’yin 3:1 hisobida yakunlangan bo’lsa-da, 81 daqiqada maydonni tark etgan portugaliyalik yulduzning holati muxlislarni xavotirga soldi. Ma’lum bo’lishicha, futbolchining orqa son mushaklarida jiddiy muammo bor.
Ayni damda Ronaldu Ispaniyaga yo’l olgan. U yerda tajribali mutaxassislar nazorati ostida tiklanish jarayonini o’tamoqda. Murabbiy Jezushning so’zlariga ko’ra, klub Krishtianuning tezroq safga qaytishiga umid qilmoqda. Biroq, mavsumning hal qiluvchi pallasida bunday yo’qotish jamoa rejalariga jiddiy ta’sir ko’rsatishi tabiiy.
Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda futbolchining Ispaniyaga parvozi bilan bog’liq turli xabarlar tarqaldi. Xususan, mintaqadagi siyosiy vaziyat va xavfsizlik choralari fonida amalga oshirilgan bu safar muxlislar o’rtasida ko’plab savollarni keltirib chiqardi. Hozircha asosiy e’tibor Ronalduning qachon to’liq sog’ayib, maydonga qaytishiga qaratilgan.
Ma’lumot
Mehmon
guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar
»
Sport
» Krishtianu Ronalduning jarohati kutilganidan jiddiyroq bo’lib chiqdi
So’nggi yangiliklar
Robert Levandovski yaqin uch oyda qaror qabul qiladi
Bugun, 11:34
Illyuziyalardan voz kechish: 50 yoshdan keyin anglab yetiladigan haqiqatlar
Bugun, 11:24
