in

Kostakurta Atalantaning Chempionlar ligasidagi kambekini yuksak baholadi

Italiyaning «Atalanta» klubi Chempionlar ligasida navbatdagi bosqichga chiqqan A Seriyadagi yagona jamoa bo‘ldi. Dortmundning «Borussiya»siga safarda 0:2 hisobida imkoniyatni boy bergan bergamoliklar javob o‘yinida raqibni 4:1 bilan tor-mor etib, umumiy hisobda vaziyatni o‘z foydasiga o‘girdi. Bu haqda euro-football.ru

xabar

beradi.

Uchrashuvdan keyin «Milan» faxriysi Alessandro Kostakurta «Atalanta»ning o‘yini uni hayratga solganini aytdi. Uning ta’kidlashicha, bunday natijani kutmagan, biroq jamoa aqlbovar qilmas darajada kuchli o‘yin ko‘rsatib, Italiya futboli elitasiga kirishini yana bir bor isbotlagan.

Kostakurta ayniqsa Pasalichning liderlik fazilatlarini alohida tilga oldi. U «bunday yetakchini Franko Barezi davridan beri ko‘rmaganini» qayd etgan.

Eslatib o‘tamiz, «Atalanta» 2024 yilda Yevropa ligasi g‘olibi bo‘lgan.

Ma’lumot

Mehmon

guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.

Yangiliklar

»

Sport

» Kostakurta Atalantaning Chempionlar ligasidagi kambekini yuksak baholadi

So’nggi yangiliklar

Martin Demikelis Ispaniyada Mallorka bosh murabbiyi bo'ldi

Bugun, 12:00

2 mart uchun dollar kursi oshishi kutilmoqda

Bugun, 11:57

Toshkent transportida katta o‘zgarishlar boshlanishiga start berildi