in

Kompani Ronaldinyo RONALDU va Messidan ko'proq hayratlantirganini aytdi

“Bavariya” bosh murabbiyi Vensan Kompani futbolchilik faoliyati davomidagi eng og’ir va kuchli raqiblar haqida xotiralarini o’rtoqlashdi. Bu haqda euro-football.ru

xabar

beradi.

Belgiyalik mutaxassis alohida bir o’yindagi taassurot nuqtayi nazaridan braziliyalik Ronaldinyoni birinchi o’ringa qo’ydi. Ronaldinyo “PSJ”, “Barselona” va “Milan”dagi chiqishlari orqali keng tanilgan.

“Ronaldinyo menga eng kuchli taassurot qoldirgan. Ha, Ronaldu va Messi — eng yaxshi futbolchilar, lekin bitta o’yinda ko’rsatgan mahorati bilan meni eng ko’p hayratga solgani Ronaldinyo bo’lgan”, — dedi Kompani.

Ma’lumot uchun, sobiq markaziy himoyachi 2020 yilda professional faoliyatini yakunlagan. 2024 yil yozidan buyon u “Bavariya”ni boshqarib kelmoqda va o’tgan mavsum jamoani Bundesliga chempionligiga olib chiqqan.

Ma’lumot

Mehmon

guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.

Yangiliklar

»

Sport

» Kompani Ronaldinyo RONALDU va Messidan ko’proq hayratlantirganini aytdi

So’nggi yangiliklar

Ronaldu Al-Nasr murabbiyidan muhim iltimos bilan chiqdi

Bugun, 12:06

Argentina futboli rahbari korrupsiya ishida so'roqqa chaqirildi

Bugun, 12:00

AQSH o‘zbekistonlik ayrim shaxslarga nisbatan viza cheklovi joriy etdi