in

Kolumbiya Jahon chempionati oldidan ichki ziddiyatlarga duch kelmoqda

O‘zbekiston milliy terma jamoasi tarixda ilk marotaba ishtirok etadigan futbol bo‘yicha Jahon chempionati–2026 qurʼasi natijasiga ko‘ra “K” guruhidan o‘rin olgani barchaga maʼlum. Bu kvartetda milliy terma jamoamiz Kolumbiya, Portugaliya va Kongo bilan raqobat olib boradi.

Mundialdagi birinchi raqibimiz – Kolumbiyada kutilmagan ziddiyat yuzaga keldi. Jamoaning ikki yetakchisi – Xames Rodriges va hujumkor futbolchi Luis Dias mart oyidagi o‘rtoqlik o‘yinlaridan so‘ng kiyinish xonasida keskin og‘zaki bahslashib qoldi. Vaziyat shunchalik keskinlashdiki, jamoadoshlar aralashishiga to‘g‘ri keldi.

Manba maʼlumotlariga ko‘ra, keskinlik va ziddiyatning kuchayishi 2026 yilgi Jahon chempionati oldidan terma jamoadagi ichki raqobat va manfaatlar to‘qnashuvidan kelib chiqqan. Turnir uchun tarkib haqidagi gap-so‘zlar va asosiy rollar uchun kurash fonida ikki yulduz o‘rtasidagi taranglik eng yuqori chegaraga yetgan. OAV xabar qilishicha, hatto jamoa ichida JCH uchun yakuniy ro‘yxatga faqat bitta yetakchini kiritish varianti ham muhokama qilinmoqda.

Kolumbiya jamoasi mart oyida JCHga tayyorgarlik doirasida ikki nazorat uchrashuvini o‘tkazdi: 27 martda Xorvatiyaga 1:2 hisobida yutqazdi, 30 martda Fransiyaga 1:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Bu natijalar asosiy turnir oldidan jamoaga bosimni kuchaytirdi. Maʼlumki, Kolumbiya terma jamoasi Janubiy Amerika saralashini uchinchi o‘rinda yakunlab, mundial finalida ishtirokini rasman taʼminlagan edi.

K guruhidagi o‘yinlar jadvali quyidagicha:

Kolumbiya

Portugaliya

O‘zbekiston

Kongo DR(keyinchalik qitʼalararo pley-off orqali mundialga chiqqan)

O‘zbekiston milliy jamoasi ham mundialga puxta tayyorgarlikni davom ettirmoqda. Fabio Kannavaro shogirdlari FIFA Series 2026 doirasida Gabonni 3:1 hisobida, Venesuelani esa penalti seriyasida 5:4 hisobida mag‘lub etib, tarixiy ilk g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Shu tariqa, O‘zbekiston muxlislari o‘z terma jamoasi Jahon chempionatidagi ilk ishtirokini intizorlik bilan kutayotgani maʼlum.

Ma’lumot

Mehmon

guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.

Yangiliklar

»

Sport

» Kolumbiya Jahon chempionati oldidan ichki ziddiyatlarga duch kelmoqda

So’nggi yangiliklar

FIFA 2026-yilgi Jahon chempionati ishtirokchilarini tasdiqladi

Bugun, 11:27

2 aprel uchun dollar kursi pasayishi kutilmoqda

Bugun, 11:23

1 aprel oltin quymalarning sotuv narxlari e'lon qilindi

Bugun, 11:12