Rossiya terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Fabio Kapello futbolda yana bir katta o‘zgarishlar davri yaqinlashayotganini ta’kidladi. Uning fikricha, bunday “inqiloblar” odatda har 20 yilda bir takrorlanadi. Bu haqda euro-football.ru
xabar
beradi.
Italiyalik mutaxassis zamonaviy futbol tarixida shunday uchta burilish nuqtasini eslatdi: 1970-yillar boshidagi “Ayaks”ning total futboli, 1980-yillar oxiri va 1990-yillar boshida Arrigo Sakki joriy etgan tizim, shuningdek, oradan yigirma yil o‘tib Pep Gvardiolaning “Barselona”si bilan bog‘liq uslubi.
Kapelloning aytishicha, o‘yin doim rivojlanadi va shuning uchun yaqin yillarda navbatdagi futbol inqilobi paydo bo‘lishi kutilmoqda. Eslatib o‘tamiz, u 2018 yildan beri murabbiylik qilmaydi.
Ma’lumot
Mehmon
guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar
»
Sport
» Kapello futbolda navbatdagi katta inqilob yaqinligini aytdi
So’nggi yangiliklar
Arbeloa Realda qiyinchilikka duch keldi, sabab aytildi
Bugun, 11:57
Yurtimizga Ramazon yaqinlashmoqda: taqvim, saharlik va iftorlik duolari
Bugun, 11:55
Manchester Siti yaqin yillarda Gvardiolani yoqotishi mumkin
