“Al-Nasr” bosh murabbiyi Jorje Jezush Krishtianu Ronalduning yaqinlashib kelayotgan uchrashuvda maydonga tushmasligi sababini ma’lum qildi. Bu haqda euro-football.ru
xabar
beradi.
Ar-Riyod jamoasi chorshanba kuni OFK Chempionlar ligasida “Arkadag”ga qarshi bahs olib boradi. Portugaliyalik yulduz hujumchi boykotdan so’ng tez orada qaytishi kutilayotgani aytilgan bo’lsa-da, bu safar ham u tarkibda bo’lmaydi.
Jezushning ta’kidlashicha, tig’iz taqvim sabab Ronaldu va asosiy tarkibdagi yana bir nechta futbolchiga dam berish qarori qabul qilingan. Murabbiy oldinda “Al-Fateh”ga qarshi muhim o’yin turganini urg’uladi.
“Al Nassr Zone” keltirgan iqtibosda Jezush, Ronalduning dam olishi yangilik emasligini, Saudiya Arabistonidan tashqarida o’tadigan uchrashuvlarda u avval ham bir necha bor maydonga tushmaganini eslatib o’tdi.
Saudiya chempionatidagi “Al-Fateh” – “Al-Nasr” uchrashuvi shanba kuni, 14 fevralda bo’lib o’tadi.
Ma’lumot
Mehmon
guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar
»
Sport
» Jezush Ronalduning navbatdagi o’yinni o’tkazib yuborishini izohladi
So’nggi yangiliklar
Italiyalik erkak 20 ta oltin quymani axlatga tashlab yubordi
Bugun, 11:46
Rezonansdan so‘ng Minnesotadagi AYS operatsiyasi qisqartirilmoqda
Bugun, 11:45
Jikiya Antalyaspor'dagi holati haqida gapirdi
