«Al-Nasr» bosh murabbiyi Jorje Jezush Krishtianu Ronaldu nega navbatdagi uchrashuvda maydonga tushmasligini izohladi. Bu haqda euro-football.ru
xabar
beradi.
Ar-Riyod jamoasi chorshanba kuni OFK Chempionlar ligasi doirasida «Arkadag»ga qarshi bahs olib boradi. Portugaliyalik yulduz hujumchi tez orada maydonga qaytishi kutilayotgan bo’lsa-da, eng yaqin o’yinda u yana tarkibda bo’lmaydi.
Jezushning ta’kidlashicha, zich taqvim sabab Ronaldu va asosiy tarkibdagi bir qator futbolchilarga dam berish rejalashtirilgan. Murabbiy bu qarorni oldinda turgan «Al-Fateh»ga qarshi muhim uchrashuv bilan izohladi.
«Al Nassr Zone» keltirgan iqtibosda Jezush shuningdek, Ronalduning Saudiya Arabistonidan tashqarida o’tadigan o’yinlarni o’tkazib yuborishi yangilik emasligini ham qayd etgan.
Saudiya chempionatidagi «Al-Fateh» – «Al-Nasr» uchrashuvi shanba, 14 fevral kuni bo’lib o’tadi.
Ma’lumot
Mehmon
guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar
»
Sport
» Jezush Ronalduni yaqin o’yinda dam oldirishga qaror qildi
So’nggi yangiliklar
Germaniyada ikki oyda bankka beshinchi marta bostiruv bo‘ldi
Bugun, 12:07
Martines Ronaldu qachon faoliyatini yakunlashini aytdi
Bugun, 11:54
Sergelida dahshatli YTH: mashina ikkiga bo‘lindi
