in

Jezush Ronalduni navbatdagi o'yin uchun dam oldiradi

«Al-Nasr» bosh murabbiyi Jorje Jezush Krishtianu Ronalduning yaqinlashib kelayotgan uchrashuvni o’tkazib yuborishi sababini izohladi. Bu haqda euro-football.ru

xabar

beradi.

Ar-Riyod klubi chorshanba kuni OFK Chempionlar ligasi doirasida «Arkadag»ga qarshi maydonga tushadi. Portugaliyalik yulduz hujumchi boykotdan so’ng tez orada safga qaytishi kutilayotgan bo’lsa-da, bu bahsda ham uning nomi qaydnomadan joy olmaydi.

Jezushning ta’kidlashicha, jamoa zich taqvim sabab Ronalduni va asosiy tarkibdagi yana bir nechta futbolchini asrashga qaror qilgan. Murabbiy uchun keyingi turda «Al-Fateh»ga qarshi o’yin alohida ahamiyatga ega.

Shuningdek, Jezush Ronalduning Saudiya Arabistonidan tashqarida o’tadigan uchrashuvlarni tez-tez o’tkazib yuborishi yangilik emasligini ham eslatdi, deya xabar berdi Al Nassr Zone.

Saudiya chempionatidagi «Al-Fateh» – «Al-Nasr» o’yini shanba, 14 fevral kuni bo’lib o’tadi.

Ma’lumot

Mehmon

guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.

Yangiliklar

»

Sport

» Jezush Ronalduni navbatdagi o’yin uchun dam oldiradi

So’nggi yangiliklar

Jikiya Antalyaspor dagi holati haqida fikr bildirdi

Bugun, 11:33

Boka Xuniors sport direktori lavozimiga Marselo Delgado tayinlandi

Bugun, 11:24

Bergkamp Benzemaning harakatlarini yosh hujumchilarga o‘rgatganini aytdi