in

Jahon kubogi. Uch nafar bokschimiz final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi

Xabaringiz bor, 31 martdan Braziliyada boks bo‘yicha Jahon kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda.

Bugun yarim final janglari o‘tkazildi. Ushbu bosqichga 8 nafar bokschimiz yetib kelgan edi. Bugun ulardan 5 nafari ringga ko‘tarilishi rejalashtirilgan bo‘lib, bungacha Madiyar Daniyarov mezbon bokschiga yutqazib bronza medaliga ega chiqqan va To‘rabek Habibullayev finalga yo‘l olgan edi. Quyidagi uch nafar bokschilarimiz ham raqiblarini mag‘lub etib final yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi.

-50 kg

: Asilbek Jalilov 3:2 hisobida Hindiston vakili Jadumani Mandengbam ustidan g‘alaba qozondi;

-75 kg

: Fazliddin Erkinboyev ochkolar evaziga polshalik Mixal Yarlinskini mag‘lubiyatga uchratdi – 4:1;

+90 kg

: Jahongir Zokirov hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra qozog‘istonlik bokschi Daniyal Saparbaydan ustun keldi.

Ctrl

Enter

Xato topd

I

ngizmi

Iborani ajratib