in

Inzagini iste'foga chiqarishlari mumkin, ammo u xotirjam

Saudiya Arabistoni chempionatida «Al-Hilol» hanuz birorta ham mag’lubiyat ko’rmagan. Biroq so’nggi o’yinlardagi ketma-ket duranglar jamoani turnir jadvalida uchinchi o’ringa tushirib yubordi. Bu haqda euro-football.ru

xabar

beradi.

La Repubblica xabariga ko’ra, mamlakatda bosh murabbiy Simone Inzagini lavozimidan bo’shatish ehtimoli haqida gap-so’zlar kuchaygan. Qayd etilishicha, «Al-Hilol» muxlislari ham italiyalik mutaxassisga qarshi chiqmoqda.

Shunga qaramay, Inzagi vaziyatga xotirjam qaramoqda: uning shartnomasi 2027 yil o’rtalarigacha mo’ljallangan va muddatidan oldin bekor qilinsa, katta miqdordagi kompensatsiya ko’zda tutilgan.

Simone Inzagi hozirda dunyodagi eng ko’p maosh oladigan murabbiylar ro’yxatida Diego Simeonedan keyin ikkinchi o’rinda turadi. Uning yillik maoshi 26 million yevroni tashkil etadi.

Ma’lumot

Mehmon

guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.

Yangiliklar

»

Sport

» Inzagini iste’foga chiqarishlari mumkin, ammo u xotirjam

So’nggi yangiliklar

Boliviyada pul tashigan samolyot fojiasi o‘nlab qurbonlar keltirdi

Bugun, 11:27

Gallardo ko'z yosh bilan xayrlashdi va River abadiy uy dedi

Bugun, 11:26

Amerikaning nufuzli ESPN portali reytingida Usik yetakchi bo‘lib qoldi