Saudiya Arabistoni chempionatida «Al-Hilol» hozircha mag‘lubiyat ko‘rmagan, biroq so‘nggi o‘yinlardagi bir nechta durang natijalar jamoani turnir jadvalida uchinchi pog‘onagacha tushirib yubordi. La Repubblica xabariga ko‘ra, shu fon’da Simone Indzagini bosh murabbiylikdan bo‘shatish ehtimoli haqida gap-so‘zlar kuchaygan. «Al-Hilol» muxlislari orasida ham italiyalik mutaxassisga e’tiroz bildirayotganlar bor. Bu haqda euro-football.ru
xabar
beradi.
Shunga qaramay, Indzagi vaziyatga xotirjam va ishonch bilan qaramoqda. Uning amaldagi shartnomasi 2027 yil o‘rtalarigacha mo‘ljallangan bo‘lib, muddatidan oldin bekor qilinsa, katta miqdorda kompensatsiya to‘lanishi ko‘zda tutilgan.
Ma’lum qilinishicha, Simone Indzagi dunyodagi eng ko‘p maosh oladigan murabbiylar ro‘yxatida Diyego Simeonedan keyin ikkinchi o‘rinda turadi. Indzagining yillik maoshi 26 million yevroni tashkil etadi.
Ma’lumot
Mehmon
guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar
»
Sport
» Indzagi atrofida iste’fo gaplari, murabbiy esa xotirjam
So’nggi yangiliklar
Interdan ijaradagi Karboni ogir jarohat olib safdan chiqdi
Bugun, 12:00
Andronov Barselona Villarrealga qarshi yirik g'alabani kutmoqda
Bugun, 11:59
Li Hendri Aston Villa mavsumi xavf ostida qolganini aytdi
