Turkiya chempionatining 22-turida “Galatasaray” “Eyupspor”ni yirik hisobda mag’lub etdi — 5:1. Uchrashuvning asosiy qahramoni argentinalik hujumchi Mauro Ikardi bo’lib, u xet-trik qayd etdi. Bu haqda euro-football.ru
xabar
beradi.
Ushbu uch gol Ikardiga klub tarixidagi eng sermahsul legioner unvonini olib keldi. U ruminiyalik Georghe Xadjini ortda qoldirdi: Xadji “Galatasaray” safida 75 marta raqib darvozasini ishg’ol qilgan bo’lsa, Ikardining hisobida endi 76 ta gol bor.
Umumiy to’purarlar ro’yxatida Ikardi hozircha yettinchi pog’onada qayd etilgan. Eslatib o’tamiz, Mauro Ikardi 2023 yildan beri Turkiyaning “Galatasaray” klubida to’p surmoqda, bungacha u “PSJ” sharafini himoya qilgan.
Ma’lumot
Mehmon
guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar
»
Sport
» Ikardi uch gol urib Galatasaray tarixida rekord o’rnatdi
So’nggi yangiliklar
Sergelida dahshatli YTH: mashina ikkiga bo‘lindi
Bugun, 11:54
Perreyn goli «Lill»ni «Brest»ga yutqazishdan saqlab qoldi
Bugun, 11:51
Viktor Osimhen Bavariyaning transfer roʻyxatiga kirdi
