Turkiya chempionatining 22-turi doirasida Galatasaray Eyu’psporni yirik hisobda mag’lub etdi — 5:1. Uchrashuvning asosiy qahramoni argentinalik hujumchi Mauro Ikardi bo’ldi: u xet-trik qayd etib, jamoasiga ishonchli g’alaba olib keldi. Bu haqda euro-football.ru
xabar
beradi.
Ikardining bu uch goli Galatasaray tarixida muhim natijani ham ta’minladi — u klub tarixidagi eng sermahsul legionerga aylandi. Mauro bu ko’rsatkichda ruminiyalik Gheorghe Haji (75 gol)ni ortda qoldirdi va o’z hisobini 76 taga yetkazdi. Umumiy to’purarlar ro’yxatida esa argentinalik hozircha yettinchi pog’onada bormoqda.
Eslatib o’tamiz, Mauro Ikardi 2023 yildan buyon Galatasaray safida to’p surmoqda. U Istanbul klubiga kelishidan avval PSJ sharafini himoya qilgan.
Ma’lumot
Mehmon
guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar
»
Sport
» Ikardi Eyu’pspor darvozasiga uch gol urib rekord o’rnatdi
So’nggi yangiliklar
Germaniyada ikki oyda bankka beshinchi marta bostiruv bo‘ldi
Bugun, 12:07
Martines Ronaldu qachon faoliyatini yakunlashini aytdi
Bugun, 11:54
Sergelida dahshatli YTH: mashina ikkiga bo‘lindi
