“Galatasaray”ning argentinalik hujumchisi Mauro Ikardi vakillari futbolchining klubdagi istiqboli bo’yicha rahbariyat bilan uchrashuv o’tkazishni rejalashtirmoqda. Bu haqda euro-football.ru
xabar
beradi.
Insayder Nikolo Skiraning xabariga ko’ra, o’yinchining agentlari bilan Istanbul klubi rahbarlari o’rtasidagi muzokaralar aprel oyida bo’lib o’tadi.
Shu bilan birga, Ikardiga qiziqish bildirayotgan jamoalar ham bor: ular forvardni erkin agent sifatida shartnoma bilan tarkibga qo’shib olishga tayyor.
Ikardining “Galatasaray” bilan amaldagi bitimi 2026 yil 30 iyungacha mo’ljallangan. 33 yoshli futbolchining bozor qiymati 6 million yevroga baholanmoqda.
2025/2026 yilgi mavsumda argentinalik hujumchi 36 o’yinda maydonga tushib, 15 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Ma’lumot
Mehmon
guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar
»
Sport
» Ikardi agentlari Galatasaray bilan kelajagini muhokama qiladi
So’nggi yangiliklar
Toshkentdagi “Katta Dubulg‘a”da dzyudochilarimiz kuchli uchlikdan joy oldi
Bugun, 11:37
Galatasaray va Fenerbahche futbolchilarini stavkalar uchun qamoq kutmoqda
Bugun, 11:34
Ronaldu jarohat oldi va maydonni erta tark etdi
