“Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola yaqinda kuzatilgan mag‘lubiyatlar seriyasidan keyin tarkibda jiddiy o‘zgarishlar qilishga
kirishdi
.
Jurnalist Dani Serranoning ma’lum qilishicha, ispaniyalik mutaxassis klubni qaysi o‘yinchilar tark etishi kerakligi bo‘yicha yakuniy qarorga kelgan.
Xosep Gvardiola klub xo‘jayinlaridan hujumchi Jek Grilish, yarim himoyachilardan Mateus Nunes, Jeyms Makeyti va tajribali himoyachi Kayl Uokerni sotib yuborishni so‘ragan.
Manbaga ko‘ra, bosh murabbiy katta summaga olingan Grilish va Nunesning o‘yinidan umuman qoniqmayapti va ular o‘zlariga sarflangan mablag‘ni oqlay olmagan.
Makeytining harakatlari ham Gvardiolaga ma’qul tushmadi. Ispaniyalik mutaxassis 34 yoshli Uokerning o‘yinidagi pasayishni ham kechirmaslikka qaror qildi.