in

Grishin Atalanta Palladino bilan to'g'ri tanlov qildi

CSKA sobiq yarim himoyachisi Aleksandr Grishin A Seriyaning 25-turida «Atalanta»ning «Latsio» ustidan 2:0 hisobidagi g’alabasiga munosabat bildirdi. Bu haqda euro-football.ru

xabar

beradi.

Grishin fikricha, bergamoliklar murabbiy masalasida aniq qaror chiqargan: Palладino o’z ishining ustasi va u jamoa o’yinini bosqichma-bosqich qayta qurib bormoqda. «Latsio»ning mag’lubiyati esa uni hayron qoldirmagan — o‘tgan yildagi moliyaviy qiyinchiliklar sabab yetakchilar sotilgani, keyin esa jarohatlar muammosi qo‘shilgani natijaga ta’sir qilganini ta’kidladi.

Shuningdek, Grishin «Latsio» tarkibida yosh futbolchilar yetarli ekanini, biroq ularning barchasi klub talablariga hali to’liq moslashib ulgurmaganini ham qo’shib o’tdi.

G’alabadan so’ng «Atalanta» 42 ochko bilan turnir jadvalida 6-o’rinda bormoqda. «Latsio» esa 33 ochko jamg’argan va 8-pog’onani egallab turibdi.

Ma’lumot

Mehmon

guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.

Yangiliklar

»

Sport

» Grishin Atalanta Palladino bilan to’g’ri tanlov qildi

So’nggi yangiliklar

Fevralda kontinental iqlim iliqlik olib keldi

Bugun, 12:08

Martines Ronaldu qachon faoliyatini yakunlashini aytdi

Bugun, 11:54

Sergelida dahshatli YTH: mashina ikkiga bo‘lindi