Madridning «Real» klubida to’p surgan Esteban Granero Alvaro Arbeloaning «qirollik klubi»dagi bosh murabbiylik ishiga baho berdi. Bu haqda euro-football.ru
xabar
beradi.
Granero fikricha, Arbeloa uzoq muddatli reja zarurligini yaxshi tushunadi va bu rejaning tayanchi sadoqat, mustahkamlik hamda tinimsiz mehnatdan iborat. «Jamoada juda ijobiy energiya bor. U hali ko’p narsani qurishi kerak, ammo eng muhim ishlarni allaqachon qilib bo’ldi», — dedi u DAZNga.
Eslatib o’tamiz, Arbeloa yanvar oyida Xabi Alonsoning o’rnini egallagan edi. 43 yoshli mutaxassis qo’l ostida «Real» barcha musobaqalarda o’tkazilgan 7 uchrashuvning 5 tasida g’alaba qozondi.
Hozir madridliklar La Liga jadvalida ikkinchi o’rinda bormoqda va peshqadam «Barselona»dan bir ochko ortda qolmoqda.
Ma’lumot
Mehmon
guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar
»
Sport
» Granero Arbeloadan mamnun, asosiy poydevor qo’yildi
So’nggi yangiliklar
Ravanelli Skudetto poygasida Interga asosiy da'vogar dedi
Bugun, 11:57
Vilyarreal Espanolni yirik hisobda yengib, mag'lubiyatlar seriyasini uzaytirdi
Bugun, 11:52
Jek Grilish jarrohlik amaliyotini boshdan kechirdi va ogohlantirdi
