Fransiya chempionatining 24-tur uchrashuvlari davom etar ekan, shanba kuni Aleksandr Golovin to‘p suradigan «Monako» ham maydonga tushdi. Rossiyalik yarim himoyachi yana samarali harakat bilan ajralib turdi: bu safar u golli uzatma muallifi bo‘ldi, «Monako» esa «Anje»ni 2:0 hisobida mag‘lub etdi. Bu haqda euro-football.ru
xabar
beradi.
Ma’lum bo‘lishicha, sobiq CSKA futbolchisi ketma-ket uchinchi o‘yinda jamoadoshlariga assist berib kelmoqda. Avvalroq u «Monako» safida golli uzatmalar bo‘yicha bunday uzun seriyani qayd etmagandi.
Eslatib o‘tamiz, Golovin 2018 yildan buyon «Monako» sharafini himoya qiladi. Hozirda klub Fransiya chempionati turnir jadvalida 7-o‘rinda bormoqda.
Ma’lumot
Mehmon
guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar
»
Sport
» Golovin Monakoda ketma-ket uchinchi assistini qayd etdi
So’nggi yangiliklar
Galatasaray va Fenerbahche futbolchilarini stavka uchun qamoq kutmoqda
Bugun, 11:34
Ronaldu penalti ura olmadi, ammo g'alabadan keyin post qoldirdi
Bugun, 11:31
Galyardo ko'z yosh bilan vidolashdi Riverda hech kim abadiy ketmaydi
