Sankt-Peterburgning “Zenit” klubi sobiq futbolchisi Aleksey Gaslin “Real Sosyedada” to‘p surayotgan rossiyalik yarim himoyachi Arsen Zaxaryanning navbatdagi jarohati haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru
xabar
beradi.
Mutaxassis “Match TV” efirida jamoada yangi murabbiy ish boshlagan bir paytda Zaxaryan jarohat olib safdan chiqqani alamli ekanini ta’kidladi. Uning aytishicha, ayni damda Arsenning raqobatchilari o‘zini ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘layotgan bir vaqtda Zaxaryan jarohat sabab jarayonni chetdan kuzatishga majbur.
La Liganing 23-turida “Real Sosyedad” “Elche” ustidan 3:1 hisobida g‘alaba qozondi. Zaxaryan esa sog‘ligidagi muammo tufayli ushbu uchrashuvda maydonga tushmadi.
Joriy mavsumda Arsen 16 ta o‘yinda qatnashib, 1 ta gol urdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil yoziga qadar mo‘ljallangan.
Ma’lumot
Mehmon
guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar
»
Sport
» Gaslin Zaxaryan jarohati raqiblarga imkoniyat berdi
So’nggi yangiliklar
Olimlar o‘rgimchak ipakning sirli mustahkamligini fosh qilishdi
Bugun, 11:51
Real Liverpul himoyachisi Konatega uzoq muddatli taklif berdi
Bugun, 11:50
Gleb Arsenal Chempionlar ligasini yutsa xursand bo‘laman dedi
