in

Garri Keyn XXI asrda penaltilar bo‘yicha uchinchi bo‘ldi

“Bavariya” hujumchisi Garri Keyn faoliyatidagi 100-penaltini aniq amalga oshirdi. Angliyalik forvard Germaniya Bundesligasida “Verder”ga qarshi o‘yinda (3:0) 11 metrlik zarbadan gol urdi. Shu bahsning o‘zida 32 yoshli futbolchi umumiy hisobda 500-gol chegarasiga ham yetib keldi. Bu haqda euro-football.ru

xabar

beradi.

FIFA World Cup Stats ma’lumotiga ko‘ra, Keyn XXI asrda penaltidan 100 va undan ko‘p gol urgan atigi uchinchi futbolchiga aylandi. Bu ko‘rsatkichda undan faqat Krishtianu Ronaldu (181) va Lionel Messi (112) oldinda bormoqda.

Eslatib o‘tamiz, Garri Keyn 2023 yilda “Tottenhem”dan “Bavariya”ga ko‘chib o‘tgan. U professional faoliyatining asosiy qismini London klubida o‘tkazgan edi.

Ma’lumot

Mehmon

guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.

Yangiliklar

»

Sport

» Garri Keyn XXI asrda penaltilar bo‘yicha uchinchi bo‘ldi

So’nggi yangiliklar

Nikita Haykin o'zini doimo rossiyalik deb biladi

Bugun, 12:02

Lion Nitsani mag'lub etib, g'alabalar seriyasini uzaytirdi

Bugun, 11:52

Romano Milan Barselona himoyachisiga qiziqishini tasdiqladi