Kon’yaspor ga qarshi kutilmagan mag’lubiyatdan so’ng «Galatasaray» atrofida ichki muammolar borligi haqidagi xabarlar kuchaydi. TR24 portali ma’lumotiga ko’ra, jamoa futbolchilari maoshlarini ololmayapti. Bu haqda euro-football.ru
xabar
beradi.
Manbaga ko’ra, bu holat ketma-ket uch oydan beri davom etmoqda. Klub rahbariyati esa vaziyat yuzasidan rasmiy izoh bermayapti, bu esa OAV va muxlislar orasidagi qiziqishni yanada oshirmoqda.
Mahalliy jurnalist Halik Yurekli so’nggi voqealar fonida «Galatasaray»ning chempionlik imkoniyatlari jiddiy savol ostida qolayotganini ta’kidladi.
Shunga qaramay, jamoa chempionatda 55 ochko bilan peshqadam. Biroq 52 ochkoga ega va bitta o’yini zaxirada qolgan «Fenerbahche» uni quvib yetishi mumkin.
Ma’lumot
Mehmon
guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar
»
Sport
» Galatasarayda maoshlar to’lanmayapti, klub ichida taranglik
So’nggi yangiliklar
Turkiyada o'yinda futbolchi chayqaga yurak massaji qildi
Bugun, 11:34
Indzagi iste'fosi haqida gap-so'zlar ko'paydi, u esa xotirjam
Bugun, 11:32
Oskar Rudjeri Kavaniga futbolni yakunlashni maslahat qildi
