«Kon’yaspor»dan kutilmagan mag’lubiyatdan so’ng «Galatasaray» ichida muammolar borligi haqida xabarlar tarqaldi. TR24 ma’lumotiga ko’ra, jamoa futbolchilari maoshlarini ololmayapti. Bu haqda euro-football.ru
xabar
beradi.
Manbaga ishonilsa, bu holat ketma-ket uch oy davom etmoqda. Klub rahbariyati esa vaziyat bo’yicha rasmiy izoh bermayotgani OAV va muxlislar qiziqishini yanada kuchaytirdi.
Mahalliy jurnalist Xalik Yurekli so’nggi voqealarni inobatga olib, «Galatasaray»ning chempionlik imkoniyatlari endi ancha savol ostida qolayotganini ta’kidladi.
Shunga qaramay, jamoa chempionatda 55 ochko bilan peshqadamlikni saqlab turibdi. Biroq 52 ochkoga ega va bitta o’yin zaxirada qolgan «Fenerbahche» qisqa fursatda yetib olishi mumkin.
Ma’lumot
Mehmon
guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar
»
Sport
» Galatasarayda maoshlar bo’yicha jiddiy muammolar yuzaga chiqdi
So’nggi yangiliklar
Lennart Karl Bavariyadagi yuksalishidan hayratlanmadi
Bugun, 11:53
Meksikada dahshatli narkobaron yo‘q qilindi: Jaliskoda qonli javob bo‘ldi
Bugun, 11:52
Eduard Mor Napolining top-4 imkoniyatini shubha ostiga oldi
