Turkiyada «Galatasaray» va «Fenerbahche» safida to‘p surayotgan ikki futbolchiga sport tikishlari bilan bog‘liq ish bo‘yicha qamoq jazosi xavf solmoqda. Bu haqda euro-football.ru
xabar
beradi.
Gap «Galatasaray» vakili Metehan Baltadji hamda «Fenerbahche» sardori Mert Hakan Yandash haqida ketmoqda. Mahalliy manbalarga ko‘ra, Baltadjiga 13 yilgacha, Yandashga esa 17 yilgacha ozodlikdan mahrum etilish ehtimoli bor.
Sabah nashrining yozishicha, Baltadji kamida ikki marta «Galatasaray» ishtirokidagi o‘yinlarga pul tikkan. U o‘sha bahslarda asosiy tarkibda bo‘lmagan, biroq qaydnomaga kiritilgani sabab natijaga bilvosita ta’sir o‘tkazish imkoniyati mavjud bo‘lgan.
Amaldagi turk qonunchiligiga ko‘ra, u bukmekerlarga professional sportchi ekani haqida ma’lumot berishi shart edi. Biroq futbolchi bu talabni bajarmagani ta’kidlanmoqda.
Ma’lumot
Mehmon
guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar
»
Sport
» Galatasaray va Fenerbahche futbolchilarini stavkalar uchun qamoq kutmoqda
So’nggi yangiliklar
Toshkentdagi “Katta Dubulg‘a”da dzyudochilarimiz kuchli uchlikdan joy oldi
Bugun, 11:37
Ronaldu jarohat oldi va maydonni erta tark etdi
Bugun, 11:28
Gallardo ko'z yosh bilan xayrlashdi River abadiy tark etilmaydi
