Ukrainalik Aleksandr Usik va britaniyalik Tayson Fyuri o‘rtasidagi revansh-jang sportchilarga birinchi bellashuvga qaraganda ikki baravar ko‘p pul keltiradi. Bu haqda The Standard
xabar berdi
.
Manbaga ko‘ra, Usik va Fyuri birgalikda 150 mln funt sterling ishlab oladi. Pulning ko‘prog‘i ukrain bokschisiga tegadi, biroq pullarning aniq taqsimoti hozircha ma’lum emas. Birinchi jang uchun bokschilarga taxminan £85 mln to‘langandi.
Usik-Fyuri revansh-jangi 21 dekabrda Saudiya Arabistonidagi «Kingdom Arena»da o‘tkaziladi. Shu kuni superog‘ir vaznda WBA, WBC va WBO yo‘nalishida jahon chempioni nomi ma’lum bo‘ladi.
Birinchi jangda ukrain bokschisining qo‘li baland kelgan. 2024 yilning 19 may sanasiga o‘tar kechasi bo‘lib o‘tgan jang 12 raund davom etgan, sudyalarning ayrim qarorlari bilan g‘olib aniqlagandi. Usik WBA, IBF va WBO bo‘yicha kamarlarini saqlab qolib, WBC kamarini ham qo‘lga kiritgandi. Bu Fyurining ilk mag‘lubiyatidir: u 35 ta jang o‘tkazib 34 tasida g‘alaba qozongan (24 tasida nokaut bilan). Usik esa 22 jang o‘tkazib barchasida zafar quchgan (14 tasida nokaut qayd etilgan).