«Lion» bosh murabbiyi Paulu Fonseka joriy mavsumdagi ishlaridan so‘z ochdi. Jamoa barcha musobaqalarda ketma-ket 13 ta g‘alabani rasmiylashtirib, bir vaqtning o‘zida uch turnirda ham barqaror o‘yin ko‘rsatmoqda. Bu haqda euro-football.ru
xabar
beradi.
Mutaxassisning aytishicha, «Lion» sovrinlar yutishga tayyor va bunga kuchi yetadi, biroq buni amalga oshirish nihoyatda qiyin. Fonseka Liga 1 dagi to‘rtinchi mavsumini o‘tkazayotganini eslatib, bu yilgi chempionat raqobat darajasi bo‘yicha eng kuchlisi ekanini ta’kidladi. Shunga qaramay, u jamoaning ambitsiyasi, ishlash uslubi va futbolchilarning doimiy o‘sishga intilishiga ishonishini bildirdi.
Murabbiy «Lion» bu mavsumda kutilmagan syurpriz bo‘lishi mumkinligini ham qo‘shimcha qildi. U mavsum startidagi murakkab davr va duch kelgan muammolarni yodga olib, hozir jamoa imkon qadar eng yaxshi sport formasiga chiqqanini, eng muhimi esa mavsum qanday yakunlanishi ekanini qayd etdi.
Ayni paytda «Lion» Fransiya chempionatida uchinchi o‘rinda bormoqda. Jamoa Yevropa ligasining umumiy bosqichini birinchi pog‘onada yakunlab, endi pley-off bosqichida kurashni davom ettiradi.
Ma’lumot
Mehmon
guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar
»
Sport
» Fonseka Lion bilan mavsumda sovrinlar uchun kurashmoqchi
So’nggi yangiliklar
Xitoylik kardiojarrohlar 500 bolani O‘zbekistonda operatsiya qiladi
Bugun, 11:48
Soliq xodimlari daromadini deklaratsiya qilish tizimi joriy etilmoqda
Bugun, 11:48
Vensan Kompani Ranal'din'oni Messi va Ronaldudan yuqori qo'ydi
