in

Flik Barselonada shoshilinch yig'ilish o‘tkazib, jamoani hushyor torttirdi

«Barselona» bosh murabbiyi Hans-Diter Flik jamoada kuzatilayotgan pasayish uzoq davom etmasligiga umid qilmoqda. «Ko‘k-anorranglilar» ketma-ket ikki o‘yinda muvaffaqiyatsizlikka uchradi: avval Ispaniya Kubogi yarim finalining ilk uchrashuvida Madridning «Atletiko»sidan yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi (0:4), keyin esa La Ligada «Jirona» bilan derbida yutqazdi (1:2). Bu haqda euro-football.ru

xabar

beradi.

Jurnalist Karlos Monfor bergan ma’lumotlarga ko‘ra, payshanba kuni Flik murabbiylar shtabi va futbolchilar ishtirokida uzoq yig‘ilish o‘tkazib, vaziyatni batafsil muhokama qildi. Nemis mutaxassisi mavsumning ayni pallasida jamoa tempni tushirishga haqqi yo‘qligini ta’kidlab, keyingi uchrashuvdayoq to‘g‘ri javob kutayotganini aytdi. Shuningdek, o‘tgan mavsum «Barsa»ga natija olib kelgan taktik tamoyillarga qat’iy amal qilish muhimligi ham alohida urg‘ulandi.

Ma’lumot

Mehmon

guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.

Yangiliklar

»

Sport

» Flik Barselonada shoshilinch yig’ilish o‘tkazib, jamoani hushyor torttirdi

So’nggi yangiliklar

PSJ Mbappega 4 million yevro to'lab berdi

Bugun, 11:31

O'zbekistonliklar eng ko'p qaysi davlatlarga borayotgani aniqlandi

Bugun, 11:29

Yaponiyada Parkinsonni davolovchi noyob doriga ruxsat berildi