JCh-2026 yo’llanmasini muddatidan avval hal qilgan Eron terma jamoasi AQSh va Isroil ishtirokidagi keskinlashgan vaziyat fonida musobaqada qatnashmaslik ehtimolini ko’rib chiqmoqda. Bu haqda mamlakat futbol federatsiyasi rahbari Mehdi Toj ma’lum qildi. Bu haqda euro-football.ru
xabar
beradi.
Televideniyedagi chiqishida Toj bugungi voqealar va AQSh hujumi ortidan jahon chempionatiga umid bilan qarash qiyinligini ta’kidladi. Uning so’zlariga ko’ra, yakuniy qarorni sport rahbarlari qabul qilishi kerak.
Ma’lumotlarga ko’ra, Eron guruh bosqichidagi uchta uchrashuvini AQSh hududida o‘tkazishi kerak: Yangi Zelandiya, Belgiya va Misrga qarshi. Shuningdek, 1/16 finalda eronliklar AQSh bilan to’qnash kelishi ehtimoli ham bor, bu esa FIFA uchun qo’shimcha muammolar keltirib chiqarishi mumkin.
Shu bilan birga, Eron chempionati alohida ko’rsatmagacha to’xtatilgani aytilmoqda. Ko’plab legionerlar mamlakatni tark etib bo’lgan yoki chiqib ketishga harakat qilmoqda.
Ma’lumot
Mehmon
guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar
»
Sport
» Eron terma jamoasi JCh-2026dan voz kechishi mumkin
So’nggi yangiliklar
Ronaldu penalti ura olmadi, ammo g'alabadan keyin post qoldirdi
Bugun, 11:31
Galyardo ko'z yosh bilan vidolashdi Riverda hech kim abadiy ketmaydi
Bugun, 11:23
Fevralda dollar kursi qanchaga oshgani ma'lum bo'ldi
