Italiya kubogining nimchorak final bosqichida “Roma” o‘z maydonida “Sampdoria”ni mag‘lub etdi — hisob 4:1.
Klaudio Ranyeri boshchiligidagi jamoa ajoyib hujumkor o‘yin namoyish etdi. O‘yinning qahramonlaridan biri Artem Dovbik bo‘lib, u ikki marta raqib darvozasini ishg‘ol qildi. Shuningdek, Tommazo Baldantsi va Eldor Shomurodov ham bittadan gol urib, jamoa g‘alabasiga hissa qo‘shdi.
Uchrashuv muxlislar uchun kutilganidan ham qiziqarli va hayajonli bo‘ldi!