Moskvaning «Spartak» klubida to’p surgan sobiq himoyachi, hozirda futbol eksperti sifatida faoliyat yuritayotgan Eduard Mor A Seriyaning 27-turida «Roma» va «Yuventus» o’rtasida kechgan golli durang haqida fikr bildirdi. Rimdagi uchrashuv 3:3 hisobida yakunlandi. Bu haqda euro-football.ru
xabar
beradi.
Mor «Yuventus» 1:3 hisobida ortda qolgan paytda turinliklar bu o’yinni qutqarib qololmaydi, deb o’ylaganini aytdi. Shunga qaramay, uning ta’kidlashicha, jamoa avval ham bir necha bor uchrashuvning so’nggi daqiqalarida vaziyatni o’zgartirishga muvaffaq bo’lgan. «Spalletti jamoasi xarakter ko’rsatdi. Ajoyib o’yin», — dedi ekspert «Match TV» efirida.
Ushbu natijadan so’ng «Roma» 51 ochko jamg’arib, Italiya chempionati turnir jadvalida to’rtinchi o’rinda bormoqda. Lyuchano Spalletti boshqaruvidagi jamoa esa 47 ochko bilan oltinchi pog’onada joylashgan.
Ma’lumot
Mehmon
guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar
»
Sport
» Eduard Mor Roma va Yuventus o’yinidagi 3:3ga baho berdi
So’nggi yangiliklar
Real va Xetafer uchrashuvida favorit kim ekani aytildi
Bugun, 11:55
Gvardiola Zidan futbol uchun noyob shaxs ekanini aytdi
Bugun, 11:46
Infantino Prestiannga Viniusius bilan vaziyatda qizil berish kerak dedi
