«Inter»ning chap qanot himoyachisi Federiko Dimarko jamoa Chempionlar ligasidagi ishtirokini yakunlaganidan keyin oldiga qo’ygan maqsadlari haqida gapirdi. Bu haqda euro-football.ru
xabar
beradi.
«Neradzurri» eng nufuzli Yevropa musobaqasida pley-off saralash bosqichida Norvegiyaning «Bude-Glimt» klubiga ikki o’yin natijasiga ko’ra 2:5 hisobida imkoniyatni boy berib, turnir bilan xayrlashdi.
28 yoshli futbolchi Sky Sport’ga bergan intervyusida: «Har doimgidek tinmay ishlayapman. Ba’zan mavsum omading keladi, ba’zan esa hammasi ham o’xshamaydi. Orzularim? Men skudetto yutishni va Italiya terma jamoasi bilan jahon chempionatiga chiqishni istayman. Bu shunchaki orzu emas — erishilishi shart bo’lgan maqsadlar», — dedi.
Ayni paytda «Inter» A Seriya jadvalida ishonchli peshqadam bo’lib turibdi: 26 turdan so’ng jamoa ikkinchi o’rindagi «Milan»dan 10 ochko oldinda bormoqda.
Ma’lumot
Mehmon
guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar
»
Sport
» Dimarko Chempionlar ligasidan so’ng asosiy maqsadlarini aytdi
So’nggi yangiliklar
Martin Demikelis Ispaniyada Mallorka bosh murabbiyi bo'ldi
Bugun, 12:00
2 mart uchun dollar kursi oshishi kutilmoqda
Bugun, 11:57
Toshkent transportida katta o‘zgarishlar boshlanishiga start berildi
