in

Desham Argentina mundialda yordam olgan degan fikrga qoʻshilmadi

Fransiya terma jamoasi bosh murabbiyi Didye Desham 2022 yilgi jahon chempionatida Argentina chempion bo‘lganiga doir bahslarga yana bir bor to‘xtaldi. Bu haqda euro-football.ru

xabar

beradi.

O‘sha mundial finalida argentinaliklar fransuzlarni mag‘lub etgandi: 120 daqiqa yakunida hisob 3:3 bo‘lib qolgan, penaltilar seriyasida esa “albiseleste” aniqroq ijro etgan.

Deshamning aytishicha, Argentina raqiblari darvozasiga belgilangan yagona jiddiy bahsli penalti Polshaga qarshi o‘yinda bo‘lgan va u ham golga aylantirilmagan. Uning ta’kidlashicha, Argentina turnirda urgan 15 golining atigi to‘rttasini penaltidan kiritgan. Shuningdek, ilk uchrashuvda hakam argentinaliklarning uchta golini bekor qilganini, Niderlandiyaga qarshi bahsda esa qo‘shimcha vaqt haddan tashqari ko‘p qo‘shilgani va bir epizodda bahsli fol qayd etilganini eslatdi.

“Finalda argentinaliklarga yordam berishdi” degan gaplarni Desham tushunmasligini aytdi. Murabbiy Fransiya tomoni penalti bo‘yicha e’tiroz bildirmaganini, chunki vaziyat adolatli ko‘ringanini qo‘shimcha qildi. U Argentina va Fransiyani “mundiallar tarixidagi eng buyuk finallardan birini” yaratgani uchun tabrikladi.

Ma’lumot uchun, Didye Desham 2026 yilgi jahon chempionati yakunida Fransiya terma jamoasidagi lavozimini tark etadi.

Ma’lumot

Mehmon

guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.

Yangiliklar

»

Sport

» Desham Argentina mundialda yordam olgan degan fikrga qoʻshilmadi

So’nggi yangiliklar

Marselda xakerlar hujumi klub inqirozidan ham ko'proq xavotir uyg'otdi

Bugun, 12:05

"Strandja" turnirida bugun to‘qqiz nafar bokschimiz ringga chiqadi

Bugun, 11:59

Bu tajovuzkor siz kutgan hammasidan ham oshadi, dedi Buffon