in

Desham AQSHga safari davomida uchragan muammolar haqida ochiq gapirdi

Fransiya milliy jamoasi bosh murabbiyi Dide Desham AQSHdagi Braziliya va Kolumbiyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinlari davomida duch kelgan turli muammolar haqida fikr bildirdi. Murabbiy turne jarayonida yuzaga chiqqan logistika bilan bog‘liq qiyinchiliklar va aqlga sig‘maydigan xavfsizlik cheklovlaridan noroziligini ochiq aytdi.

“Uchib borishimiz bilan aeroportda soatlab qoldik, shunga o‘xshash tekshiruvlar bilan umrimda birinchi marta uchrashdim. Bu holat butun jamoamiz uchun yana-da qiyinchilik tug‘dirdi,” — dedi Desham.

Murabbiy shuningdek, iqlim va havo-sharoit masalasini ham taʼkidlab, barchasi o‘rtacha va barqaror ekanligini taʼkidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, asosiy muammolar oldindan maʼlum bo‘lgan va asosan yo‘lga chiqish vaqti va harakat tartibi bilan bog‘liq edi. Bostonda bo‘lish esa jamoa uchun juda muhim bo‘ldi, chunki Jahon chempionatida aynan shu yerda maydonga tushishlari rejalashtirilgan.

Desham taʼkidladiki, ular turli muammolarning ehtimolini minimallashtirib, moslashish jarayonini osonlashtirishga harakat qiladi. “Yozda havo ancha issiq bo‘ladi, tiklanish va tayyorgarlik esa muhim ahamiyatga ega. Biz moslashishda davom etamiz va maydon tashqarisida yuzaga kelayotgan holatlarga kamroq energiya sarflash uchun barcha imkoniyatlardan foydalanamiz,” — dedi Desham deya uning so‘zlarini kekltiradi Goal.

Shu tarzda, Desham Fransiya termasini har tomonlama tayyorlash va stressli vaziyatlarda ham samarali harakat qilish uchun zamonaviy strategik yondashuvni namoyon qildi.

Ma’lumot

Mehmon

guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.

Yangiliklar

»

Sport

» Desham AQSHga safari davomida uchragan muammolar haqida ochiq gapirdi

So’nggi yangiliklar

Eronga bog‘liq xakerlar FQB rahbari pochtasini buzdi

Bugun, 12:10

Mourinyo Ronaldu Portugaliya uchun o‘ziga xos ahamiyatga ega degan fikrda

Bugun, 11:14

Londonning “Arsenal” klubi jarohatlar inqiroziga duch keldi…

Bugun, 11:00