Mashhur jurnalist Denis Kazanskiy joriy mavsumda «Nyukasl» ko‘rsatayotgan natijalar borasida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru
xabar
beradi.
Uning ta’kidlashicha, jamoa keyingi bosqichga chiqishi kerak, biroq aynan shu masala eng katta muammoga aylanmoqda. Kazanskiy «Eddi Xau klubga kelgach, hammasini juda tez o‘zgartirganini ko‘rdik, shundan keyin esa mantiqan Chempionlar ligasiga yo‘l olasan va pley-offga chiqishga urinib ko‘rasan. Ammo «Nyukasl»ni APLda 10-o‘rinda ko‘rib, bunga hayron bo‘lmay qo‘ysang, demak bu yerda turgunlik davri boshlangan», dedi.
Angliya chempionatida 26 turdan so‘ng «Nyukasl» 36 ochko bilan jadvalning 10-pog‘onasida bormoqda. Keyingi turda Eddi Xau shogirdlari safarda «Manchester Siti»ga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv 21 fevral kuni bo‘lib o‘tadi.
Ma’lumot
Mehmon
guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar
»
Sport
» Denis Kazanskiy Nyukasl uchun turgunlik davri boshlanganini aytdi
So’nggi yangiliklar
Maykl Kerrikning yanvari oyi Angliyada "shov-shuv"ga to‘ldi…
Bugun, 11:58
Naumov Mourinyo uchun Saudiya chempionatini mos ko'rdi
Bugun, 11:53
Italiyalik erkak 20 ta oltin quymani axlatga tashlab yubordi
