in

Deku nega Laportani Barselona prezidenti sifatida ko'rmoqchi

«Barselona» sport direktori Deko klub prezidenti saylovi arafasida Joana Laporta nomzodini ochiq qo‘llab-quvvatlayotganini bildirdi. Bu haqda euro-football.ru

xabar

beradi.

Deko Laporta loyihasiga ishonishini ta’kidlab, saylov muvaffaqiyatli yakunlansa, klubdagi ishini davom ettirishga tayyorligini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, asosiy masala shaxsiy kelajagi emas, balki futbolchilar va klub manfaatidir.

Shuningdek, Deko Laporta «Barselona»ni u futbolchi bo‘lib o‘ynagan davrdagi yorqin yillarda ham boshqarganini eslatib, aynan jamoa uchun eng to‘g‘ri deb bilgan yo‘lni qo‘llashini qo‘shimcha qildi.

«Barselona» prezidenti saylovi 15 mart kuni bo‘lib o‘tadi. Laporta bu lavozimni 2021 yil bahoridan beri egallab kelmoqda, Deko esa o‘sha yilning kuzida klubda rahbarlik rolini olgan.

Ma’lumot

Mehmon

guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.

Yangiliklar

»

Sport

» Deku nega Laportani Barselona prezidenti sifatida ko’rmoqchi

So’nggi yangiliklar

Indzagi iste'fosi haqida gap-so'zlar ko'paydi, u esa xotirjam

Bugun, 11:32

Oskar Rudjeri Kavaniga futbolni yakunlashni maslahat qildi

Bugun, 11:28

27 fevral oltin quymalarning sotuv narxlari e'lon qilindi